5 Iyul 2022 yil 482

Andijon tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari yoshlar bilan muloqot qildi

Bugun Andijon tumani “Choʻmbogʻich” MFYda tashkil etilgan uchrashuvda Andijon tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari S.Nasriddinov hamda masʼul idoralar vakillari, mahallaga biriktirilgan “Hokim yordamchisi” va “Yoshlar yetakchisi” ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlarning muammolarini hal qilish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarning zamon talablariga mos bilim olishi, shuningdek, ular hayotidagi muammolarni aniqlash va ijobiy yechimini taʼminlashdan iborat. Tadbirda yoshlarning muammo va takliflari tinglanib murojaat qilgan yoshlarni muammolari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech