14 Iyul 2022 yil
543
Andijon tumani IIB boshligʻi yoshlar bilan muloqot qildi
Maʼlumki, iyul oyi Andijonda “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi” deb eʼlon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida Andijon tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Ihvoldinov 29-IDUM binosida “Qoraqalpoq” hamda “Choʻngbogʻich” mahallalaridagi yoshlar bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda uyushmagan yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari koʻrildi.
Muloqot jarayonida sektor rahbari tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati