Andijon tumani IIB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan neft mahsulotlarini talon-taroj qilib kelgan uyushgan guruh qo‘lga olindi
2020 yil 13 may kunidan 14 may kuniga o‘tar kechasi Andijon tumanida yashovchi fuqarolar D.X va bir guruh shaxslartumanning Guliston MFYda joylashgan “Abdurashid hosili” fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tgan “Andijanpetro" MChJga qarashli neft quvirlariga maxsus moslama o‘rnatishib, ko‘p miqdordagi neft mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlayotgan vaqtlarida Andijon tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan ushlanganlar.
Ish bo‘yicha ulardan 35-dona maxsus tayyorlangan qoplarda neft mahsulotlari, 30 dona bo‘sh qoplar, temir trubaga ulangan maxsus moslama xamda 8 metr hajmdagi sellofanlar olingan.
“Andijanpetro" MChJ tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, ushbu jamiyatga tegishli bo‘lgan jami 10.500.000 so‘mlik neft mahsulotlari talon-taroj qilingan xamda markaziy quvurga shikast yetkazilib yaroqsiz xolga keltirilgan.
Mazkur xolat yuzasidan 2020 yilning 14 may kuni yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi va 2552-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati