18 May 2022 yil 427

Andijon tumanida «xonadonbay», «oilabay» hamda «fuqarobay» ishlash boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 16-may kuni Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi oʻrinbosari D.Qodirov va Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Sobirovning videoselektor tarzida oʻtgan yigʻilishida berilgan topshiriqlariga asosan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Bunda, Andijon viloyati IIB XPB boshligʻi oʻrinbosari G.Abduvohidova va Andijon tumani hokimligi va tuman Ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda «xonadonbay», «oilabay», «fuqarobay» ish tashkil qilish, jinoyat va huquqbuzarliklarni sabab omillarini barvaqt oldini olish boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech