6 Iyul 2022 yil 1693

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi ofitserlik lavozimlari uchun tanlov!

Ichki ishlar organlarida yangi tashkil etilgan inspektor-psixolog va profilaktika inspektori lavozimlarini munosib xodimlar bilan jamlash maqsadida ofitserlik lavozimlariga yigit va qizlar uchun dastlabki tanlovlar oʻtkazilishini eʼlon qiladi.

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, (shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham) oliy-pedagog, oliy-psixolog va oliy-huquqshunos maʼlumotga ega, boʻyi 165 santimetrdan past boʻlmagan, harbiy xizmatni oʻtagan yigitlar hamda boʻyi 160 santimetrdan past boʻlmagan qizlar qabul qilinadi.

Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 6 iyul kunidan 16 iyul kuniga qadar fuqarolik pasporti (ID-karta), diplom, harbiy guvohnoma va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida boʻyning balandligi boʻyicha antropometrik parametri koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma
(086-forma) bilan hududiy ichki ishlar organlaridan roʻyxatdan oʻtishingiz soʻraladi.

Murojaat uchun telefon: 97-272-03-07

Shahar-tuman IIB kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektorlarining telefon raqamlari:

1. Andijon shahar 90-542-22-23,

2. Andijon tumani 99-392-95-00,

3. Asaka tumani 99-910-01-00,

4. Baliqchi tumani 94-563-86-11,

5. Boʻston tumani 99-617-97-85,

6. Buloqboshi tumani 99-353-16-81,

7. Jalaquduq tumani 99-900-61-90,

8. Izboskan tumani 93-481-14-14,

9. Qoʻrgʻontepa tumani 99-401-02-09,

10. Marhamat tumani 93-425-00-15,

11. Oltinkoʻl tumani 99-314-07-11,

12. Paxtaobod tumani 99-900-42-42,

13. Ulugʻnor tumani 90-336-62-38,

14. Xonobod shahar 90-385-44-74,

15. Xoʻjaobod tumani 99-917-43-68,

16. Shahrixon tumani 94-435-54-32,

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech