14 Avgust 2023 yil 5142

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi safdorlik lavozimlari uchun tanlov eʼlon qiladi!

Andijon viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmatidagi safdorlik lavozimlarini munosib xodimlar bilan jamlash maqsadida, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan shaxslar, Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litseyi, harbiy-akademik litseylar tamomlagan yigit va qizlar uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini eʼlon qiladi.

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham), shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan, harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar hamda bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.

Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 15-avgust kunidan 25-avgust kuniga qadar fuqarolik pasporti (ID-karta), diplom, harbiy guvohnoma va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda maʼlumotnoma (086-forma) bilan hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari:
1. Andijon shahar IIOFMB +99897-991-99-01

2. Andijon tumani IIB +99899-392-95-00

3. Asaka tumani IIB +99899-051-98-97

4. Baliqchi tumani IIB +99833-250-00-10

5. Bo‘ston tumani IIB +99893-197-00-94

6. Buloqboshi tumani IIB +99893-444-11-51

7. Jalaquduq tumani IIB +99833-890-90-80

8. Izboskan tumani IIB +99899-353-15-72

9. Qo‘rg‘ontepa tumani IIB +99899-401-02-09

10. Marxamat tumani IIB +99893-425-00-15

11. Oltinko‘l tumani IIB +99894-430-20-05

12. Paxtaobod tumani IIB +99894-101-00-88

13. Ulug‘nor tumani IIB +99890-336-62-38

14. Xonobod tumani IIB +99888-338-47-41

15. Xo‘jaobod tumani IIB +99899-917-43-68

16. Shahrixon tumani IIB +99894-435-54-32

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech