Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 9 oy yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 9 oyi davomida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev tanishtirib, yig‘ilishni ochib berdi. Shundan so‘ng, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, jinoyatni o‘sishiga sharoit yaratib bergan omillar o‘rganilib, bu borada ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil qilindi.
Xususan, bir qator jinoyatlarning oldini olishda profilaktik ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida jinoyatchilikni oldini olish, erta aniqlash va ularni jilovlash borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar atroflicha muhokama etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish ahvoli, amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida ichki ishlar organlari xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish hamda kelgusida kamchilliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida aniq chora-tadbir va vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati