29 Mart 2021 yil 619

Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining bilim saviyasini yana-da oshirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi”da Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib eʼtiboriga O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi hamda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunlarning maqsadi, asosiy vazifalari va mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-jadval va “Yo‘l xarita”ga muvofiq, Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq tumanlari va Xonobod shahriga borib, ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikdagi yangiliklar, 2021 yil 14 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 fevraldagi “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazilib, o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Hozirda, viloyatning boshqa shahar - tuman ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati     

 

Text to speech