20 Iyun 2023 yil 2382

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlarini munosib xodimlar bilan jamlash maqsadida ofitserlik lavozimlariga yigit va qizlar uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini eʼlon qiladi

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) oliy maʼlumotga ega, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan, harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar hamda bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.

Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 20 iyun kunidan 23 iyun kuniga qadar fuqarolik pasporti (ID - karta), diplom, harbiy guvohnoma va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda maʼlumotnoma (086-forma) bilan hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

1. Andijon shahar IIOFMB +99897-991-99-01

2. Andijon tumani IIB +99899-392-95-00

3. Asaka tumani IIB +99899-051-98-97

4. Baliqchi tumani IIB +99833-250-00-10

5. Bo‘ston tumani IIB +99893-197-00-94

6. Buloqboshi tumani IIB +99893-444-11-51

7. Jalaquduq tumani IIB +99833-890-90-80

8. Izboskan tumani IIB +99899-353-15-72

9. Qo‘rg‘ontepa tumani IIB +99899-401-02-09

10. Marxamat tumani IIB +99893-425-00-15

11. Oltinko‘l tumani IIB +99899-314-07-11

12. Paxtaobod tumani IIB +99894-101-00-88

13. Ulug‘nor tumani IIB +99890-336-62-38

14. Xonobod tumani IIB +99888-338-47-41

15. Xo‘jaobod tumani IIB +99899-917-43-68

16. Shahrixon tumani IIB +99894-435-54-32

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech