13 May 2023 yil 260

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha jami 7 vazn toifasida o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Andijon viloyati IIB JXX JTSB, ikkinchi o‘rinni Xo‘jabod tumani IIB hamda uchinchi o‘rinni Shaxrixon tumani IIB xodimlari qo‘lga kiritdilar.

G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu turdagi sport musobaqalarining o‘tkazilishi davom ettiriladi.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech