Andijon viloyati ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish bo‘yicha ТАНЛОВ !
Andijon viloyati ichki ishlar organlarida yangi tashkil etilgan inspektor-psixolog lavozimlarni munosib xodimlar bilan jamlash maqsadida ofitserlik lavozimlariga yigit va qizlar uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini eʼlon qiladi.
Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) oliy-pedagog, oliy-psixolog va oliy-huquqshunos maʼlumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar hamda bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.
Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 31-yanvar kunidan 10-fevral kuniga qadar hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.
Murojaat uchun telefon: 97. 272-03-07
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati