11 Iyun 2022 yil 407

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi boʻlib oʻtdi

Bugun boʻlib oʻtgan dars avvalida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 4212-sonli qaroriga muvofiq, xizmat vaqtida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar hamda Ichki ishlar vazirining 55-sonli buyrugʻiga asosan bir guruh xodimlarga moddiy yordam pullari topshirildi.

Korrupsiya va milliy taraqqiyot. Muammo va yechimlar mavzusida Andijon davlat universiteti katta oʻqituvchisi Umarov Xusanboy tomonidan maʼruza qilindi.

Dars davomida Tashkiliy boshqarma yuridik taʼminlash guruhi katta yuristkonsulti mayor Noʻmonov Qodirjon tomonidan “Qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar va yangi qabul qilingan qonunlar” shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Dars jarayonlari yakunida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Tahlilnoma” koʻrsatuvi namoyish etiladi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech