28 Yanvar 2023 yil 314

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyati xodimlarga atroflicha yetkazildi     

Joriy yilning 28-yanvar kuni Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi bo‘lib o‘tdi.   

Dastlab, Jadidlar jasorati – millatimiz faxridir” mavzusida Andijon davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Falsafa fanlari Doktori Nazirxujayev Muxammadalixo‘ja Qosimxo‘jayevichning maʼruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi boshlig‘i mayor Q.No‘monov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20- yanvar kungi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarorining mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga atroflicha yetkazildi. Xususan, ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qarorda keltirilgan talablar haqida batafsil so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, "O‘zbekiston-24” telekanalidan efirga uzatilgan "TAHLILNOMA" ko‘rsatuvi barcha shaxsiy tarkib eʼtiboriga namoyish etildi.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech