17 Iyun 2022 yil 552

Andijon viloyati IIB boshlig‘i Marhamat tumani 3-sektor hududidagi “Guliston” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Joriy yilning 16 iyun kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev Marhamat tumani 3-sektor xududidagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan “Guliston” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda jami 32 nafar fuqarolar qabul qilinib ularning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 5 tasi sog‘liqni saqlash yo‘nalishida davolanish uchun order, dam olish oromhgoxiga yo‘llanma bo‘yicha, 5 tasi tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish, 2 tasi kontrakt pullarini to‘lab berish, 4 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirish masalalarida, 5 tasi jazodan muddatidan oldin ozod qilish,  5 tasi moddiy yordam, 5 tasi gaz ballon olish masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning 20 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 12 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.

Jumladan, Marhamat tumani “Barhayot” MFYda yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro Abdumutalipov Maxamattoyir Vaxabovichga Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi dam olish sihatgoxiga yo‘llanma qilib berildi.

3 nafar fuqarolar “Qorabog‘ish” MFYda yashovchi 1949 yilda tug‘ilgan Xamidova Dilorom, “Ershi” MFYda yashovchi 1949 yilda tug‘ilgan Mahmudov Tojimamat, “Chilon” MFYda yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan Sotvoldiyeva Gulshanoylarga davolanishlari uchun order berildi.

Bundan tashqari “Ershi” MFYda yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan Adxamova Miyassarxon hamda “Yo‘lamatol” MFYda yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan Omonova Marg‘ubaxonlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari shahsan boshqarma boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech