5 Avgust 2020 yil 761

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining sektori hisoblangan Andijon tumanida aholiga bir martalik moddiy yordam pullari yetkazib berilmoqda

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining sektori hisoblangan Andijon tumanida viloyat 3-sektor raxbari A.Tasbaev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6038-sonli Farmoniga asosan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga  kiritilgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam pullari yetkazib berilyapti.

Xususan, 3-4 avgust kunlari Andijon tumanining 3-sektor xududidagi 8 ta MFYdagi 135 ta oilada yashovchi 555 nafar “Temir daftar”ga  kiritilgan fuqarolarga 122 million 100  ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari tarqatildi.

Hozirda bu kabi ishlar sektor rahbari boshchiligida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech