27 Noyabr 2021 yil 401

Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida 500 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi  

Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti tashabbusi bilan viloyatlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari Andijon viloyati hududida davom etmoqda.

Ushbu tadbir doirasida Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi tashabbusi bilan shu yilning 26-noyabr kuni viloyatdagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan voyaga yetmaganlar va maktab o‘quvchilari orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish  maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari, Respublika yoshlar ishlar agentligi xodimlari, Xalq taʼlim boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda ichki ishlar organlari va hududiy hokimliklarning profilaktik hisobida turgan 500 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilar ishtirok etdi. Unda “Adashganlar” yaʼni muqaddam jinoyat sodir etib hozirda qamoqda jazo muddattini o‘tayotgan voyaga yetmagan bolalarning achchiq qismati aks ettirilgan taʼsirchan videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, patrul-post xizmati masʼul xodimlari o‘zlari bilan xizmat avtomashinalari va ko‘rgazmali qurollar bilan ishtirok etdilar. Maktab o‘quvchilariga ushbu sohaviy xizmatlar va ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida atroflicha maʼlumotlar berilib, ko‘rgazmali qurollari bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, barchani ogohlikka undovchi ko‘rgazmali bukletlar ham tarqatildi.

Mazkur tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish, shuningdek, ularning xar xil noqonuniy diniy oqimlarga adashib kirib qolishdan ogohlikka chaqirishligi bilan ahamiyatlidir.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech