29 May 2023 yil 387

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda  jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudi hamkorligida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 27-may kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida videokonferensiya tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlarini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari, bu turdagi jinoyatlarni tergov qilish taktikasi, tergov qilishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi hamda taklif etilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudi xodimlari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech