13 Fevral 2023 yil 332

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari tomonidan viloyatning shahar-tumanlarida keng jamoatchilik ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi

Joriy yilning 13-fevral kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari tomonidan viloyatning shahar-tumanlarida keng jamoatchilik ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Xususan, Asaka tumanidagi A.Temur, Shahrixon tumanidagi Abdusamat va Marhamat tumanidagi Qora-qo‘rg‘on MFY hududlarida, shuningdek, Andijon shahar 30-sonli umumtaʼlim maktabi va Andijon pedagogika institutida “O‘g‘irlik”, “Firibgarlik” “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarni buzish”, “Giyohvandlik”, “Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish” va “Axborot texnologiyalari” vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish, ushbu turdagi jinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech