9 Noyabr 2022 yil 462

Andijon viloyati IIB JXX JTSB hamda Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha masʼul xodimlari ishtirokida qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5-noyabr kuni Andijon viloyati IIB JXX JTSB va Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha masʼul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX rahbariyatining 13-sonli bayoni talablarining ijrosi yuzasidan qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi shuningdek, “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qarorlarning mazmun mohiyati shaxsiy tarkibga atroflicha yetkazildi va o‘zaro fikr almashilib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech