Andijon viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan dehqon bozorlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Andijon viloyati hududida odamlarning sog‘ligi uchun xavf tug‘diradigan hayvonlar tomonidan kasalliklarni tarqalishini oldini olish, epidemik vaziyatni barqarorlashtirish borasida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari va veterinariya bulimi shuningdek sanitariya epidemiologi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyati hududida joylashgan dehqon bozorlari va savdo markazlarida oziq-ovqat xavfsizligi oyligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi.
Unda go‘sht va go‘sht mahsulotari, sut va sut mahsulotlari, uy sharoitida tayyorlangan turli xil tuzlama va mahsulotlar bilan savdo qilayotgan tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli tartibda biriktirilgan joylarda sotishlari haqida ogohlantirish ishlari olib borildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati