Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan Jalaquduq va Buloqboshi tumanlarida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
Joriy yilning 9-iyun kuni Jalaquduq va Buloqboshi tumanlarida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbir davomida 150 nafardan ortiq Probatsiya hisobida turgan, muqaddam ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyat sodir etgan shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish boʻyicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, har bir suhbatlashilgan mahkumlardan kelgusida tayinlangan jazolarni belgilangan tartibda oʻtashlari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, agarda jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan taqdirda jazolari ogʻirroq turdagi jazolarga almashtirilishi haqida rasman ogohlantirish xatlari olindi.
Hozirda bu boradagi tarbiyaviy profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati