Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi va uning shahar-tumanlardagi bo‘linmalarining choraklik faoliyati muhokama qilindi
Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik I.B.Ismanovning Probatsiya boshqarmasi va uning shahar tumanlardagi bo‘linmalar tomonidan joriy yilning o‘tgan 3 oy yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar xaqida atroflicha to‘xtalib o‘tilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasining Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi va uning shahar tumanlardagi bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish va xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Bosh prokuratura boshqarma prokurori F.Raxmatullayev boshqarmasi faoliyatini o‘rganish yakuni bo‘yicha maʼruza qildi. Maʼruza davomida yig‘ilgan shaxsiy tarkibga amaldagi qonun hujjatlarining mazmun mohiyati to‘liq tushuntirib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati