27 Iyul 2022 yil
344
Andijon viloyati IIB JXX YHXBda xodimlarning siyosiy hamda ruhiy ongini oshirish maqsadida mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
Joriy yilning 26-27 iyul kunlari Andijon viloyati IIB JXX YHXBda o‘tkazilgan ertalabki yo‘riqnomalarga xodimlarning siyosiy ongini oshirish hamda ruhiy tayyorgarliklarini yaxshilash maqsadida mutaxassislar taklif etildi.
Andijon Davlat Universiteti yuriskonsulti M.Sodiqova hozirgi kunda yurtimizda kechayotgan siyosiy vaziyat hamda “Referendum” tushunchasi to‘g‘risida maʼlumotlarni berdi. Professor M.Xalimova tomonidan esa xodimlarning psixologiyasi, fuqarolar bilan muloqot vaqtida o‘zlarini qanday tutish zarurligi haqida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati