23 Noyabr 2022 yil 356

Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi  

Hozirgi kunda hayotni internetsiz tassavvur qilish qiyin. Biz uchun uning yaxshi va yomon tomonlarini o‘rganish esa zarar qilmaydi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan talaba yoshlar va professor o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda internetdagi firibgarlikni oldini olish, interneti foydalanuvchilarini qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etmaslik va notanish kishilarga shaxsiy maʼlumotlarini va bank kartalarilari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni, shu bilan birga bank kartalari orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazma bilan bog‘liq SMS xabarlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Seminar yakunida, talaba yoshlar bilan mavzuga doir fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech