Andijon viloyati IIB PPX va JTSB Nazorat lisenziyalash faoliyati xodimlari tomonidan 1502 nafar ov quroliga ega shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 iyuldagi “Qurol to‘g‘risida”gi O‘RQ-550-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 apreldagi tegishli Farmoni hamda Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 25 iyundagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan fuqarolarga tegishli bo‘lgan qurollarning saqlanishi va ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, qurol bilan bog‘liq turli nohush holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hududida “Qurol” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar tomonidan shaxsiy qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash hamda foydalanish tartiblariga rioya etilishini tekshirishdir. Bundan tashqari qurol va uning o‘q-dorilarning ishonchli saqlanishiga to‘sqinlik qiluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, jinoyat va baxtsiz hodisalarning yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi omillarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan maqsadli tadbirlarni tashkil etish, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha o‘z vaqtida amaliy choralar ko‘rishdan iboratdir.
Tadbirga jami 859 nafar ichki ishlar organlari xodimlari va 16 nafar ovchilik jamiyati ishchi-xizmatchilari hamda jamoatchilik vakillari jalb qilinib, hozirga qadar viloyat bo‘yicha 1502 nafar ov quroliga ega shaxslar tomonidan qurol va o‘q-dorilarni saqlash hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilayotganligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ushbu qoidalar bo‘yicha yana bir marotaba tushuntirish ishlari olib borildi.
Tekshiruvlar davomida qurolni saqlash va olib yurish qoidalarini buzgan 68 nafar fuqarolarga nisbatan MJtKning 221-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Viloyatda o‘tkazilayotgan tadbir davomida fuqarolar o‘rtasida o‘zlarida saqlayotgan noqonuniy o‘qotar qurollarini ixtiyoriy ravishda IIBga topshirish to‘g‘risida olib borilgan profilaktik-tushuntirish ishlari natijasida 2 nafar fuqaro tomonidan ov qurollari ixtiyoriy ravishda IIBga olib kelib topshirilgan.
Xususan, Marxamat tumani Sho‘rqishloq MFYda yashovchi fuqaro N.Sh 2020 yilning 07 iyul' kuni bobosi yashab o‘tgan xonadonning molxonasini buzayotgan vaqtda bir dona 1963 yilda ishlab chiqarilgan “Ij-17” rusumli hamda Jalaquduq tumani Yorqishloq MFY da yashovchi fuqaro K.M shu yilning 26 iyul' kuni marxum otasiga tegishli bo‘lgan 1961 yilda ishlab chikarilgan «TOZ 54-12» rusumli ov qurollarini o‘z ixtiyorlari bilan ichki ishlar organlari xodimlariga topshirishgan.
Afsuski aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotganligiga qaramasdan joriy yilning 22 iyun' kuni soat 11:50larda Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro A.X. ga tegishli «IJ-58 MA» rusumli ov qurolini yashash uyida nabiralari temir seyfni ochishib o‘ynamoqchi bo‘lganda qurol otilib devorga tegib o‘q donasi orqaga qaytib fuqaro N.A.ning o‘ng yelka qismiga tekkan va tuman markaziy kasalxonasiga yotkizilgan. Fuqaro N.A ga kerakli tibbiy yordan ko‘rsatilib, yashash xonadoniga ruxsat berilgan.
Hozirda fuqaro A.X.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 220-moddasida nazarda tutilgan “O‘qotar qurollar va dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzish” ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi inobatga olinib, to‘plangan hujjatlarga asosan, Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan dastlab surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
FUQAROLARGA ESLATMA! Qurol saqlash va undan foydalanish bo‘yicha asosiy qoidalar:
- qurol va uning o‘q-dorilari qurol egasining doimiy yashash joyida saqlanishi lozim;
- ovchilik badali va davlat bojini o‘z vaqtida to‘lab borish;
- qurolni saqlash va olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnomaning amal qilish muddatiga doimiy rioya qilish talab etiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati