Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik ogohlantirish tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIV Probatsiya xizmati va IIV TvaEKQBB masʼul xodimlari hamda boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini oldini olish bo‘yicha profilaktik ogohlantirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 28 iyul kuni Andijon shahar IIO FMBning majlislar zalida 87 nafar nazorat ostidagi shaxslar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvga Andijon shahar “G‘ishtli” jome masjidi imom-xatibi Botirjon domla Tojiboyev va Baliqchi tumani “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon domla Hamidovlar ham taklif etildi. Ular tomonidan bugungi kunda islomga yot g‘oyalarning aldovlariga aldanib, o‘z yurtini shaʼnini toptab va oilasini yuzini yerga qaratayotganlar, mazkur illatlarning ortidan manfaat ko‘rayotgan ayrim kimsalar esa, dinni niqob qilib, buzg‘unchi va diniy aqidaparastlik g‘oyalarini ilgari surayotganligi aniq misollar yordamida tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, viloyat hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i K.Shamshatov tomonidan bugungi kunda nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashishlari bo‘yicha barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganligi yuzasidan atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi. Andijon viloyati IIB XPB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik G.Abduvohidova hisobda turgan ayollar bilan individual yakka tartibda profilaktik suhbat olib borib, ularning muammolari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.
Bundan tashqari, Oltinko‘l tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turib, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan mahkum E.N.ning ozodlikni cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Hozirda profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati