28 Oktyabr 2022 yil
368
Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida hamkor tashkilotlar bilan probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Qo‘rg‘ontepa tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tumandagi hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildi. Tadbir davomida 100 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan, shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida Qo‘rg‘ontepa tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatilib, xodimlarning yashash xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati