29 Avgust 2022 yil
300
Andijon viloyati IIB rahbariyati tashabbusi bilan soha xodimlari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami munosabati bilan Andijon viloyati IIB JXX JTSBda ichki ishlar xodimlari va ularning oila aʼzolari hamda ishchi-xizmatchilar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada goʻsht mahsulotlari, sut hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xodimlarning farzandlari uchun maktab oʻquv qurollari, turfa xil shirinliklar arzonlashtirilgan narxlarda sotildi. Mahsulotlarning sifati va hamkor korxonalar tomonidan peshma-pesh yetkazilayotgani xodimlarga qulaylik yaratdi.
Tashkil etilgan yarmarkada xodimlar oʻzlari uchun barcha kerakli boʻlgan mahsulotlarni xarid qildilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati