2 Dekabr 2021 yil 663

Andijon viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan PSR test natijalarini soxtalashtirganlar qo‘lga olindi

2021-yil 23-noyabr kuni Andijon viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Buloqboshi tumanida yashovchi N.Sh. jinoiy sheriklari bilan PSR test natijalarini soxtalashtirish yo‘li bilan tayyorlab, ushbu soxta PSR test maʼlumotnomalarini 120.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech