25 Avgust 2022 yil 311

Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan navbatdagi keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-son qaroriga asosan Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Bugungi tadbir viloyatning Marhamat, Xoʻjaobod, Jalaquduq va Qoʻrgʻontepa tumanlarining jami 30 ta mahallalar hududida oʻtkazilishi belgilandi.

Keng qamrovli oʻtkazilayotgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirida viloyat hokimligi, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi boshqarmalari, hududiy gaz va elektr taʼminoti korxonalari va boshqa mutasaddi idoralardan xodimlari jalb qilindi.

Boshqarma boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayev tadbir oʻtkazilishi oldidan xizmat oldi yoʻriqnomasini oʻtkazib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab berdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech