5 Avgust 2023 yil 343

Andijon viloyati IIB xodimlari ham “Obodonlashtirish oyligi”da faol ishtirok etmoqdalar

Yurtimizda 30 iyuldan - 30 avgust kunigacha “Obodonlashtirish oyligi“ o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida Andijon viloyati IIB apparati hamda boshqa sohaviy xizmat xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Jarayonda xodimlar tomonidan binolarning atrofi, ko‘chalar obodonlashtirilib, ekin yerlari begona o‘tlardan tozalandi. Mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, oqlandi.

Bir so‘z bilan aytganda jarayonlarda barcha xodimlar sidqidildan mehnat qilib, oylik doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech