Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini saqlab kelayotgan fuqarolar aniqlandi
Andijon viloyati IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 1961 yilda tug‘ilgan Andijon tumani fuqarosi M.D o‘zini shubhali tutganligi sababli uni yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning yonida 37 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Xuddi shunday yana bir holatda 1996 yilda tug‘ilgan Andijon shahrida yashovchi J.M o‘zini shubhali tutganligi sababli uni yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida yonidagi sumkasida jami 31 dona “Regapen” va 5 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqarolar M.D hamda J.M.larga nisbatan Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati