1 May 2020 yil 3660

Andijon viloyati IIB YHXB ogohlantiradi...

Andijon viloyatining ayrim xududlarida 30 aprel' kunidan boshlab maxsus komissiya qarorida belgilangan vaqtlarda transport vositalarining harakati ancha ko‘paydi. Sababi karantin holatining yumshatilishi, fuqarolarni ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun transport vositalaridan foydalangan holda belgilangan vaqtlarda ko‘chaga chiqishlari mumkinligi to‘g‘risidagi tartib joriy etildi.

Shunday ekan, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida serqatnov bo‘lgan yo‘llarga transport vositalari tezligini nazorat qiluvchi "Avtocon" va "Multiradar" tezlik o‘lchash qurilmalari o‘rnatilib, hizmat olib borilmoqda.Andijon viloyati IIB YHXB viloyat hududida harakatlanuvchi barcha haydovchilardan tezlikni me'yoridan oshirmasliklarini so‘rab, tezlik o‘lchovchi radarlar viloyat hududi bo‘ylab belgilangan joylarga o‘rnatilganligi to‘g‘risida ogohlantiradi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech