Andijon viloyati IIBda joriy yilning 6 oyi mobaynida murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi
Joriy yilning 7-iyul kuni Andijon viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha Doimiy komissiya raisi podpolkovnik A.T.Raxmanov raisligida, komissiya oʻrinbosari va aʼzolari, Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash guruhi rahbariyati tomonidan, mustaqil boshqarma, boʻlim boshliqlari, doimiy komissiya kotiblari shahar, tuman IIB boshliqlarining maʼnaviy va maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektorlari bilan 2022-yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Mazkur yigʻilishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shuningdek ularning jinoyat haqidagi ariza, xabar va boshqa maʼlumotlari bilan ishlash sohasida yoʻl qoʻyilayotgan tizimli kamchiliklar, xodimlar tomonidan xizmat, ijro intizomi va qonun buzilishlari boʻyicha maʼlumotlar berildi, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati