Andijon viloyati IIBga yangi qabul qilingan 113 nafar profilaktika inspektorlarining bilim saviyasi oshirilmoqda
Andijon viloyati ichki ishlar organlari tizimiga yangi qabul qilingan 113 nafar profilaktika inspektorlariga, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ya.Abdulxaqov tomonidan, ularning bilim saviyasini oshirish, amaliy va kasbiy ko‘nikmasini shakllantirish, xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda dastur bo‘ladigan huquqiy tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati