19 Dekabr 2022 yil 388

Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan qimorxona fosh etildi

Joriy yilning yil 14-dekabr kuni soat 15:00 larda Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida  shu tumanda yashovchi fuqaro I.B.ning yashash xonadonida bir guruh shaxslar yaʼni J.J, A.Sh, A.A, F.O, A.F, D.Q, Yu.D.lar o‘rtaga 5 ming so‘mdan tashlab “Xulyus” o‘yinini o‘ynayotganligi aniqlandi.

Qimor o‘yinida o‘rtada bo‘lgan jami 1 million 343 ming so‘m pullar hamda 28 dona o‘yin kartalari xolislar ishtirokida tuman IIB ixtiyoriga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jalaquduq IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech