6 Iyun 2023 yil 426

Andijon viloyatida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishga start berilgan edi. Targ‘ibot tashviqot tadbirlari doirasida navbatdagi uchrashuv Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi. Muloqotlar davomida dastlab kiberjinoyatchilikni oldingi olishga  qaratilgan choralar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda kiberxavfsizlik tushunchasining ko‘lami faqatgina axborot texnologiyalari sanoatida axborotni himoyalash emas, balki kibermakon kabi mobil to‘lovlar, elektron savdo-sotiq va internet bank kabi eng so‘nggi texnologiyalar ham yuqori darajadagi xavfsizlikni talab etayotganligi aniq misollar orqali tushuntirildi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu boradagi targ‘ibot ishlarini kengaytirishga asosiy eʼtibor qaratildi. 

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

“Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech