29 Iyul 2020 yil 904

Andijon viloyatining Baliqchi tumani 3-sektor xududida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida xayrli ishlar davom ettirilmoqda

Bugun xalqimiz yana bir og‘ir sinovli kunlarni boshdan o‘tkazmoqda. Vaqtinchalik bu holat ayrim oilalarda ozgina yetishmovchiliklarga sabab bo‘layotgani ham bor gap. Muhimi, bu kabi yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash ishlariga yurtimizda har qachongidan ko‘ra ko‘proq e'tibor qaratilmoqda. 

Andijon viloyatining Baliqchi tumani 3-sektor xududida  pandemiya davrida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarni   ijtimoiy va  moddiy tomondan qo‘llab quvvatlash borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Baliqchi tumani 3-sektor xududida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ushbu mahallalardagi  8591 ta xonadonda 13561 ta oila, 51448 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Tuman hokimiyati, deputatlar, tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda to‘liq xatlov o‘tkazilib, ehtiyojmand deb topilgan 392 ta xonadonda 522 ta oilalar ro‘yxatga olindi.

Ushbu  ehtiyojmand deb topilgan oilalarga 695 ta oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.Shuningdek, 27 oilaga ijaraga yer, 44 ta oilaga parranda, 11 ta oilaga subsidiya asosida issiqxona qurib berildi. Bundan tashqari 13 ta oilaga 2 donadan zotdor echkilar tarqatildi. 67 nafar fuqarolar mavsumiy, 82 nafar fuqarolar esa doimiy ishga joylashtirildi.

Joriy yilning 27-28 iyul' kunlari tuman 3-sektor rahbari tomonidan xududdagi Kattabuloq, O‘rtaqo‘rg‘on va Jartepa MFYlarida yashovchi   extiyojmand fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning daromadini oshirish  maqsadida ushbu oilalarning xar biriga 2 donadan narxi 1 500 000 so‘mdan bo‘lgan   jami 26 ta  zotdor echkilar  saxovat ko‘mak harakati doirasida bepul yetkazib berildi.

Hozirda Baliqchi tumani 3-sektorida fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning daromadlarini oshirish borasidagi   xayrli ishlar  davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech