"Andijonda 2 ta qizni 5-6 ta qiz kaltaklagan videosi tarqalmoqda” sarlavhali videotasvir yuzasidan
Joriy yilning 18-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda 2 ta qizni 5-6 ta qiz kaltaklagan videosi tarqalmoqda” sarlavhali videotasvir tarqaldi.
Mazkur videotasvirdagi holatlar yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMBning masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Maʼlum bo‘lishicha, 2022y-yil 11-yanvar kuni soat 12:30 larda Andijon shahar Mustaqillik MFYda joylashgan “Rolik” o‘yingohida 3 nafar voyaga yetmagan qiz bolalar tomonidan o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ular o‘yingohning tashqi tomoniga chiqishib, o‘zlariga oldindan notanish bo‘lgan bir nafar voyaga yetmagan qiz bilan o‘zaro janjalashishgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati