6 Iyun 2022 yil 1016

Andijonda 45 ming AQSH dollariga yer sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Joriy yilning 1-iyun kuni Andijon viloyati IIB JQB Yer resurslarini talon-taroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlimi va Andijon viloyati prokuraturasi yer resurslarini talon-taroj qilinishini oldini olish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Shahrixon tumanida yashovchi T.A, tanishi Shahrixon tumani fuqarosi Sh.I bilan birga ekin maydonlarini sotish noqonuniy ekanligini bilsada Andijon-Shahrixon yoʻlining 4 kmda joylashgan bogʻdorchilik uchun ajratilgan 80 sotix yer maydonini sotish maqsadida aldov yoʻli bilan 1 gektar deb internet tarmogʻiga eʼlon berib, eʼlon asosida murojaat qilgan xaridor E.Rga 45 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgani aniqlandi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Shahrixon tumanida joylashgan oshxonalarning birida firibgarlik yoʻli bilan xolis xaridorga oldindan kelishilgan, 45 ming AQSH dollari hisobidan 400 million soʻm miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech