Аndijonda afv etilganlar va ularning oila aʼzolari bilan suhbat oʼtkazildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʼtayotgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq Аndijon viloyatidan 7 nafar fuqaro muddatidan oldin jazodan ozod etilib, oʼz oilasi bagʼriga qaytdi. Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʼriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʼullanishlari, sogʼlom turmush tarzini yoʼlga qoʼyib, jamiyatda munosib oʼrin topishlari uchun ularga koʼmak berish maqsadida tegishli tashkilot hamda idoralar bilan hamkorlikda ishlar tashkillashtirildi.
Jumladan, Аndijon viloyati hokimligi, DXX Аndijon viloyati boshqarmasi va viloyat IIB boshqarmasi rahbariyati tomonidan Аndijon viloyatida istiqomat qiluvchi afv etilgan 7 nafar fuqarolar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʼtkazilib, ularning muammolari atroflicha oʼrganildi. Ushbu muammolarni ijobiy hal etish boʼyicha tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, afv etilgan shaxslarning yashash xonadonlariga ham tashrif buyurilib, ularning oila aʼzolari bilan dildan suhbatlar qurildi. Turmush sharoitlari yaqindan oʼrganilib, ularga ijtimoiy yordamlar koʼrsatildi. Hozirda afv etilgan shaxslarni hayotga moslashishi va ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati