27 Iyul 2022 yil 1107

Andijonda "Hizb ut-Tahrir" diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qilgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 25 iyul kuni Andijon viloyati IIB T va EQKB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Xo‘jaobod tumanida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanib ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqaro R.M “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida profil yaratib, ushbu profili orqali "O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir" DETning g‘oyalarini ilgari suruvchi video materiallarni profiliga joylashtirish orqali o‘zining do‘stlar sahifasidagi 187 nafar sayt foydalanuvchilariga tarqatib kelganligi aniqlangan. Ushbu shaxs muqaddam "Hizb ut-Tahrir" DETdagi faoliyati uchun sudlanib ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan edi. Bu kabi shaxslar xalqimiz va hukumatimiz ishonchini suisteʼmol qilishmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-1 moddasi, 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech