24 Iyun 2022 yil 424

Andijonda “Mahallalarda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida mahalla raislarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari, davlat idoralari va jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shma sayyor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla raislarida mahallalarda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, dastur bo‘yicha viloyatning Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Izboskan, Paxtaobod, Marhamat va Shahrixon tumanlarida “Mahallalarda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida mahalla raislarining amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida, mahalla raislariga mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari hamda profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda mahallalarda yashovchi alohida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan shaxslar bilan “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalasida tushunchalar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech