Andijonda “Odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida mahalliy tashkilotlarning salohiyatini oshirish” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi
Birlashgan Millatlar tashkilotining (UNODC) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV hamkorligida joriy yilning 6-7 dekabr kunlari Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” mehmonxonasida “Odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida mahalliy tashkilotlarning salohiyatini oshirish” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar-treninglarda “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” Hududiy komissiyasi ishchi guruh aʼzolari, NNTlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishib, mavzuga oid fikr-mulohazalarga ega bo‘lishdi.
Xususan, seminar-treninglarda Andijon viloyati IIB va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha xorijiy amaliyot bilan yaqindan tanishdilar. Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar asosan kimlar odam savdosi qurboniga aylanishi, yosh yigit-qizlarning jinoyatchilarning qarmog‘iga tushib qolishlari, ushbu transmilliy jinoyat oqibatlari haqida bilimlarini oshirdilar. Seminar yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga belgilangan tartibda sertifikatlar topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati