Andijonda profilaktika xizmatiga yangi qabul qilingan xodimlar bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi davom ettirilmoqda
Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayev tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan profilaktika xizmatiga yangi qabul qilingan xodimlar bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi davom ettirilmoqda.
Bu gal xodimlarga IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida, Manzil maʼlumotlar byurosida, PPX va JTSB boshqarmasi qoshidagi Kinologiya markazida va Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonada tajribali xodimlar tomonidan ushbu sohalar faoliyatiga doir dastlabki tushunchalar berildi.
Jumladan, fuqarolik pasportlari olish, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishlari va yashash asoslari, propiska qilish tartibi, xorijga chiqish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar, manzil maʼlumotlar olish byurosi bilan hamkorlik, pasport xizmati tomonidan qidiruvi amalga oshiriladigan shaxslar toifasi, maxsus qabulxonaga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlar va ichki tartib qoidalar, kinologiya xizmat itlarining toifalari, voqea joylaridagi birlamchi amalga oshiriladigan vazifalar, tergov, jinoyat qidiruv xizmatlari, prokuratura va Sud organlari bilan hamkorlik haqida batafsil tushunchalar berildi.
Oʻquv mashgʻulotlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati