25 Iyul 2022 yil
467
Andijonda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida noqonuniy transport vositasini qayta jihozlagan hamda hajm parametrlarini buzib harakatlangan transport vositalari bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu reyd davomida hajm parametrlarini buzib harakatlangan vositalar aniqlandi. Mazkur aniqlangan holatlar yuzasidan haydovchilariga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi taʼminlandi.
Xozirda bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati