Andijonda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda tadbirlarni oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash maqsadida viloyat IIB tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi
Bugun viloyatdagi 787 ta maktablarda “Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish vaqtida oʻquvchilar va jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida viloyat IIB JXX JTSBda yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Andijon viloyati hududida 25-may kuni oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan Andijon viloyati IIB hamda hamkor tashkilotlar bilan joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, shu kuni aholi gavjum boʻladigan Andijon shahar hududidagi «Eko park», “Bobur maydoni”, “Registon maydoni”, «Navroʻz mall», “Bobur bogʻi (Bogʻishamol)”, «Qoʻgʻirchoq teatri”, “Bobur arena”, “Oʻzbegim savdo kompleksi”, «Flowers park», “A.Navoiy nomli madaniyat va istirohat bogʻining Amfiteatri” hamda «Bolalar bogʻi (Pushkin)«da, oʻtkaziladigan konsert-tomosha tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida IIB, Milliy Gvardiya va FVB kuch-vositalari xizmatga jalb etilib, tadbirlar toʻliq tugagunga qadar xizmat tashkil etish vazifasi belgilab olindi.
Ayni paytda berilgan topshiriqlarga asosan ichki ishlar organlari xodimlari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati