Andijonda soxta IIB xodimi fosh bo‘ldi
Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro T.U shu yilning sentyabr oyida Andijon shahri Istiqlol ko‘chasida joylashgan harbiy kiyimlar tikish bilan shug‘ullanuvchi savdo do‘konidan 3.000.000 so‘mga ichki ishlar organlarining barcha mavsumiy kiyimlarini to‘liq holatda tiktirib,ushbu kiyimda bir necha marotaba Andijon shahriga kelgan va fuqarolarga o‘zini ichki ishlar xodimi sifatida tanishtirgan. Ularga turli masalalarda qonuniy yordam berishligini aytib, tamagirlik yo‘li bilan pul talab qilgan.
IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro T.U 2021 yilning dekabr oyida Andijon shahar, Sarvontepa MFY, Sujjat ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Q.F.dan fuqarolik pasportini yangilab berish evaziga 1.100.000 so‘m miqdorda, shuningdek, Q.F.ning turmush o‘rtog‘i U.O.dan nikoh guvohnomasi qildirib berish evaziga 900.000 so‘m pullarni tamagirlik yo‘li bilan olganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati