18 Mart 2020 yil 1106

Аndijonda tungi xizmatga biriktirilgan profilaktika inspektorlari tomonidan oʼgʼirlik fosh etildi

2020 yilning 14 mart kuni soat 23:50 larda Jalaquduk tumani, Bozorboshi mahallasi xududida jinoyat sodir etilishining barvaqt oldini olish va jamoat tartibini saqlash maqsadida tungi xizmatga biriktirilgan profilaktika inspektorlari I.Yuldashev va B.Kodirovlar ushbu mahallaning O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Oyatillo Ayubxon Hamkor” firmasiga qarashli xo‘jalik mollari do‘konining qulfi noma'lum shaxs tomonidan buzib ketilganligini aniqlashadi. Zudlik bilan shu xududda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida Jalaquduk tumanida yashovchi fuqaro P.F o‘zini shubxali tutganligi uchun tuxtatilib, u bilan surishtiruv ishlari olib borilgan.

Surishtiruv ishlari natijasida fuqaro P.F xo‘jalik mollari do‘konidan umumiy qiymati 12.000.000 so‘mni tashkil qilgan 5 dona “SAMSUNG” rusumli televizorlarni hamda har birining narxi 1.200.000 so‘m bo‘lgan ikki dona “RED-MI 7A”, bir dona narxi 1.600.000 so‘m bo‘lgan  “RED-MI 7” va bir dona narxi 2.000.000 so‘m bo‘lgan “SAMSUNG A30” rusumli uyali aloqa vositalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganligi aniqlangan hamda ushbu buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro P.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech