4 Mart 2020 yil 1178

Andijonda yanvar oyining o‘zida 216 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 iyun kunidagi “Buxoro viloyatini xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori asosida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida tashkil etilgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limlari tashkil etildi. 

Ayni paytda Andijon viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi huzurida ham xotin-qizlar masalalari bo‘yicha alohida bo‘lim, shuningdek, tuman-shahar ichki ishlar organlarida katta inspektor lavozimlari tashkil qilinib, unga malakali xodimalar jalb qilingan.

Mazkur bo‘lim tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, yosh oilalardagi ajrimlarning sabablarni aniqlash, bartaraf qilish, ayollarga psixologik yordam ko‘rsatish, ishsiz xotin-qizlar bandligi ta'minlash kabi masalalarda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hususan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 251 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi.

Yo‘l xaritasi asosida joylarda xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari aniqlanmoqda, imkon qadar joyida amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Ajrim yoqasiga kelgan oilalar bilan mutasaddi idora vakillari bilan hamkorlikda muntazam ravishda profilaktik ishlar olib borilyapti. Buning natijasida yanvar oyining o‘zida 216 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi. 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech